H

Hakim Nazir

15.10.1915 15.05.2008

5.0 (1 ta baho)
Hajviya Hikoya Qissa Qissalar Roman

Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich) 1915-yil 15-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1984). Toshkent kechki pedagogika institutini (1941) va Moskva Oliy adabiyot kursini tugatgan (1956). Ilk hikoyalar toʻplami – “Qishloqdagi jiyanlarim” (1948). “Koʻkorol chiroqlari” (1954; qayta ishlangani – “Soʻnmas chiroqlar”, 1958), “Suv gadosi…” (1962), “Yonar daryo” (1965), “Koʻkterak shabadasi” (1968), “Kenjatoy” (1976), “Tohir – Zuhra qissasi” (1985), “Dadamni topib beringlar” (1991), “Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim” (1995), “Najot” (2005) kabi qissalar, “Chiranma gʻoz – hunaring oz” pyesasi, ocherklar, hikoya va maqolalar muallifi. “Lochin qanotlari” romanida (1973) Ikkinchi jahon urushi davri voqealari aks etgan. A. Gaydar, P. Pavlenko, L. Kassil (“Cheremish – qahramonning ukasi”, qissa), V. Katayev (“Polk oʻgʻli”, qissa) va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000). Hakim Nazir 2008-yil 15-may kuni vafot etgan.

Kitoblar (8)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Yonar daryo Hakim Nazir
Yonar daryo

0.0 (0)
Suv gadosi Hakim Nazir
Suv gadosi

0.0 (0)
Oq fotiha Hakim Nazir
Oq fotiha

0.0 (0)
Lochin qanotlari Hakim Nazir
Lochin qanotlari

0.0 (0)
Ko‘kterak shabadasi Hakim Nazir
Ko‘kterak shabadasi

0.0 (0)
Maslahat Hakim Nazir
Maslahat

0.0 (0)
Oqibat Hakim Nazir
Oqibat

5.0 (1)
So‘nmas chaqmoqlar Hakim Nazir
So‘nmas chaqmoqlar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help