H

Habib Temirov

14.12.1954

0.0 (0 ta baho)
Hajviya Hikoya

Habib Temirov 1954-yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanining Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universiteti tiladabiyoti fakultetini va Sanle-Peterburg siyosatshunoslik institutini bitkazgan. Ijodiy faoliyatini Samarqand viloyat «Zarafshon» gazetasida (1976 y.) jurnalistlikdan boshlagan. Ushbu gazeta tahririyatida muxbir, bo‘lim muharriri, ma’sul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir bo‘lgan. Shuningdek, respublika «Xalq so‘zi» gazetasida muxbirlik qilgan. Hokimiyat idoralarida, ishlab chiqarishda ma’sul vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 1999-yildan buyon «Qishloq hayoti» gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlab keladi. 1993-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.»Aka-uka» nomli ilk hikoyasi 1982-yilda «Sharq yulduzi» jurnalida, birinchi yirik asari «Xiyobondagi odom» qissasi 1985-yil «Yoshlik» jurnalida e’lon qilingan. 1993-yilda bosilgan «Quyosh botayotgan payt» romanida qishloq kishilari hayotiga oid dolzarb mavzular qalamga olingan. Keyingi yillarda «Qora qasr asirasi», «Makrmi yo muhabbat?», «Jurnalist xatosi», «Dunyodagi eng go‘zal ayol», «Qo‘sh uzuk», «Qasos va muhabbat», «Qiyomatdan bir kun oldin» nomli qissa va romanlari bosilib chiqqan.

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
O‘sishning yo‘li
O‘sishning yo‘li

0.0 (0)
Ernazarning ko‘zlari
Ernazarning ko‘zlari

0.0 (0)
Qistiraymi, qistirmaymi?
Qistiraymi, qistirmaymi?

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.