Grigoriy Kvitka-Osnovyanenko

Grigoriy Kvitka-Osnovyanenko

Tavalludi
29-noyabr 1778
Vafoti
20-avgust 1843
Qissa

Ukraina mumtoz adabiyotining taniqli vakili Grigoriy Fyodorovich Kvitka-Osnovyanenko (Grigórіy Fédorovich Kvі́tka-Osnovʼyánenko) XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan adibdir. U Xarkov shahri yaqindagi Osnova qishlogʻida tavallud topdi. Adabiy taxallusi Griyenko Osnovyanenkodir. 1827-yilda Kvitka “Poytaxtdan kelgan janob yoki uyezd shahrida yuz bergan mashmasha” komediyasini yozadi. Bu komediyada jamoatchilik ishlarida boʻlib turadigan jinoyatlar, shuningdek, mansabdor maʼmurlar hamda zamindorlarning qiyofalari hajviy misralarda tasvirlangan edi.
Shu paytdan boshlab Kvitka-Osnovyanenkoning hayoti va ijodida yangi davr boshlanadi. U Peterburg va Moskvaning taniqli adiblari, adabiyotshunoslari bilan, “Sovremennik” hamda “Otechestvenniye zapisi” jurnallari va boshqa nashriyotlar bilan aloqa bogʻladi. Uning asarlari jurnallar va nashriyotlarda chop etila boshlaydi. Uning hanuzgacha Ukraina teatrlari sahnalarida namoyish qilinib kelayotgan “Shelmenko boʻlis mirzasi”, “Shelmenko – denshchik” pesalari, “Goncharovkada sovchilik” komediyasi va ikkita kitobdan iborat “Malorossiya qissalari”da muallifning realistik tasvirga moyilligi yaqqol koʻzga tashlanib turadi.
Kvitka-Osnovyanenko oʻz asarlarida kazak mansabdorlarining aqli noqisligi, fahm-farosatsizligini fosh qilish, badmastlik, mechkaylik va shu singari oʻzga illatlarni qoralash bilan birga (“Konotoplik jodugar”, “Oʻliklar pasxasi”, “Yolgʻonchi” qissalari), oddiy xalq namoyandalarini teran hurmat-ehtirom bilan tilga oladi. Jumladan, “Marusya”, “Balo” qiz”, “Shoʻrlik Oksana” qissalarida ularning mashaqqatli turmushlarini yorqin lavhalarda aks ettiradi.
“Pan Xolyakovskiy” romani adibning eng mashhur asarlaridan biridir. Muallif bu asarida Ukraina dvoryanlarining johillik, nodonlik, tanballik, tekinxoʻrlik illatlarini hajviy yoʻlda zoʻr mahorat bilan tasvirlab beradi.
V. Belinskiy Kvitka-Osnovyanenkoning hajvchilik isteʼdodini eʼtirof etgan. T. Shevchenko uning nosirlik ijodini yuksak baholagan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
“Balo” qiz Grigoriy Kvitka-Osnovyanenko
“Balo” qiz

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.