Gi de Mopassan

Gi de Mopassan

05.08.1850 06.07.1893

0.0 (0 ta baho)
Hikoya Novella

Gi de Mopassan (Guy de Maupassant) – fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880-yilda sheʼrlar toʻplami va “Doʻndiq” novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar toʻplami, ocherk va pyesalar, koʻplab maqolalar va boshqa asarlar muallifi.
Mopassan maʼnaviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan (“Javohirot”, “Oila bagʻrida”, “Vasiyatnoma” “Bochkacha”, “Iblis” va b.).
Uning “Daydi”, “Shkaf”, “Gadoy” kabi novellalarida turmush qaʼriga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda oʻzini sotishga tayyor ayollar obrazi “Ivetta”, “Haqqoniy tarix” va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan.
Mopassan sof muhabbat (“Oy yogʻdusi”, “Baxt”)ni kuylaydi va maʼnaviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi (“Simon ota”, “Marten qizalogʻi”), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi (“Doʻndiq”, “Madmuazel Fifi”, “Milon amaki”).
Uning “Hayot” (1883), “Azizim” (1885), “Mont-Oriol” (1886), “Per va Jan” (1887–88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. “Oʻlimdek kuchli” (1889), “Bizning qalb” (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli.“Hayot”, “Azizim” romanlari (Ibrohim Gʻafurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (10)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Tun Gi de Mopassan
Tun

0.0 (0)
Asirlar Gi de Mopassan
Asirlar

0.0 (0)
Do‘ndiq Gi de Mopassan
Do‘ndiq

0.0 (0)
Yangi yil sovg‘asi Gi de Mopassan
Yangi yil sovg‘asi

0.0 (0)
Alvido! Gi de Mopassan
Alvido!

0.0 (0)
Zebigardon Gi de Mopassan
Zebigardon

0.0 (0)
Marhuma Gi de Mopassan
Marhuma

0.0 (0)
O‘lib tirilgan Gi de Mopassan
O‘lib tirilgan

0.0 (0)
Intiqom Gi de Mopassan
Intiqom

0.0 (0)
Sovaj kampir Gi de Mopassan
Sovaj kampir

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help