Gerbert Jorj Uells

Gerbert Jorj Uells

21.09.1866 13.08.1946

0.0 (0 ta baho)
Roman

Gerbert Jorj Uells (Herbert George Wells, 1866. 21. 9, Bromli – 1946. 13. 8, London) – ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942-yildan biologiya doktori. 1893-yilda biologiya va fiziografiya boʻyicha darsliklar yozgan.
Uells 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. “Vaqt mashinasi” (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Uells uchun J. Svift, Volter, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba boʻlib xizmat qilgan.
“Dunyolar muhorabasi” (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda oʻz ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. “Ozod etilgan dunyo” (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. “Zamonaviy utopiya” (1905) roman-risolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini maʼqullagan; ammo Uells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori boʻlgan. “Vilyam Klissold dunyosi” (1926), “Oshkora fitna” (1928) roman-traktatlarida Uells oʻz nazariyasini marksizmga qarama-qarshi qoʻygan.
1-jahon urushi yillari (1914–18) da “Ozod dunyo” (1914) kitobini yozgan. 1916-yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan boʻlsa-da (“Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi”), rasman oʻz mavqeyini oʻzgartirmagan.
Uells 3-marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada boʻlgan va oʻz taassurotlarini “Mudroq Rossiya” (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi gʻoyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. “Koʻrinmas odam” romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1967).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Doktor Moro oroli
Doktor Moro oroli

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.