Genrik Ibsen

Genrik Ibsen

20.03.1828 23.05.1906

0.0 (0 ta baho)
Drama

Genrik Ibsen (Henrik Johan Ibsen, 1828. 20. 3, Shiyen – 1906. 23. 5, Kristianiya) – norveg dramaturgi. Bergendagi birinchi milliy norveg teatriga (1852–57), Kristianiyadagi norveg teatriga (1857–62) rahbarlik qilgan.
Ilk she’rlari va «Katlina» (1850) dramasi Yevropadagi 1848-yil inqilobi ta’sirida yaratilgan. Rim, Drezden, Myunxenda yashagan (1864–91). «Estrotlik Inger xonim» (1855), «Gelgelandagi urushlar» (1858), «Taxt uchun kurash» (1863) tarixiy dramalarida Yevropa romantizmining ta’siri seziladi. «Brand» (1866) va «Per Gyunt» (1867) falsafiy-ramziy poetik dramalarida norveg kiborlari hayoti tasvir etilgan.
Ibsenning «Jamiyat peshvolari» (1877), «Uya» (1879), «Sharpalar» (1881), «Xalq dushmani» (1882) pyesalari mashhur. «Yovvoyi o‘rdak» (1884), «Rosmersxolm» (1886), «Dengizdan kelayotgan ayol» (1888), «Gedda Gabler» (1890) kabi dramalarida so‘nggi davrga xos ramziy unsurlar aks etgan. «Quruvchi Solnes» (1892), «Kichkina Eyolf» (1894) va boshqa asarlari Yevropa realistik dramaturgiyasining yutuklaridan hisoblanadi. Ibsen jahon dramaturgiyasi va teatriga katta ta’sir o‘tkazdi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Arvohlar Genrik Ibsen
Arvohlar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help