Genri Slizar

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Genri Slizar (Henry Slesar) nomi bilan tanilgan bu fantast va detektiv yozuvchining asl familiyasi – Shlosser (Schlosser) bo‘lib, u Nyu-Yorkka Rossiyadan ko‘chib borgan nemislar oilasida 1927-yilning 12-iyunida tug‘ilgan.
Adibning taxallusida ham bunga ishora bor – uni «Slesar» tarzidayam o‘qish mumkin. 2002-yil 2-aprelda Nyu-Yorkda olamdan o‘tgan.
Genri Slizar asosan kriminal syujetlar muallifi sifatida shuhrat qozongan. O. Lesli (O. H. Leslie), Sley Xarson (Sley Harson) kabi taxalluslar bilan 6 ta romani, 500 dan oshiq hikoyasi, 55 ta radiopesasi e’lon qilingan. Slizar, shuningdek, 100 dan ziyod kino va telefilmlar uchun stsenariylar yozgan.
Genri Slizarning ilmiy fantastika yo‘nalishidagi hikoyalari ayniqsa e’tiborga molik. Uning uch yuzdan ortiq hikoyalari shu yo‘nalishdagi jurnallarda chop etilgan. Adibning asarlari bolgar, venger, mo‘g‘ul, nemis, polyak, fransuz, chex, yapon, rus va boshqa tillarga tarjima qilib kelinmoqda.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Genri Slizar
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz