- Tavalludi
- 27-avgust 1770
- Vafoti
- 14-noyabr 1831
Gegel Georg Vilgelm Fridrix ( Georg Wilhelm Friedrich Hegel, 1770. 27. 8, Shtutgart – 1831. 14. 11, Berlin) – yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788–93-yillarda Tyubingen institutida taxsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni oʻrgangan. Bernda (1793–96), Frankfurt-maynda (1797–1800) zodagon oilalarda oʻqituvchi, Lena (1801–07), Geydelberg (1815–18) universitetlarida professor, Nyurnberg gimnaziyasida (1807–16) direktor, ayni paytda, «Bamberg gazetasi»da muharrir, Berlin universiteti professor (1818-28), rektori (1829-30).
Gegel oʻz taʼlimotini butun Gʻarb falsafasi rivojining yakuni deb hisoblagan boʻlsa-da, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining soʻnggi, yuqori bosqichi deyish mumkin.
Gegel falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari – ziddiyat, sifat va mikdor oʻzgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan.
Gegel taʼlimoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman maʼnaviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan.
Asosiy asarlari: «Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812– 16), «Falsafa fanlari entsiklopediyasi» (1817), «Huquq falsafasi» (1821), «Din falsafasi buyicha leksiyalar»(1832), «Falsafa tarixi buyicha leksiyalar» (1833–36), «Estetika boʻyicha leksiyalar» (1835–38), «Tarix falsafasi buyicha leksiyalar» (1837).
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Estetika
Gegel
Estetika
|
— |
1.0
(1)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Estetika
Gegel
Estetika
|
— | Risola |
1.0
|