F

Fridrix Nitshe

15.10.1844 25.08.1900

0.0 (0 ta baho)

Fridrix Nitshe – XX asr jahon falsafiy tafakkuri oʻsishiga katta hissa qoʻshgan buyuk nemis faylasuflaridan biri. U 1844-yilda Lyuttsen yaqinidagi Rekken shahrida tavallud topgan. 1864-1868-yillarda Bonn va Leyptsig shaharlarida oʻqiydi. 1869-1878-yillarda Bazel universitetining professori sifatida faoliyat yuritadi va kasalligi tufayli ishni tashlaydi. 1888-yilda Nitshe falajlanib qoladi. Singlisi Elizabet Fyorster-Nitshe unga turli gʻamxoʻrliklar koʻrsatish bilan birga uning asarlarini nashr etish borasida jonbozlik koʻrsatadi. Faylasuf 1900-yili Veymar shahrida vafot etadi. Nitshe qisqa umri davomida bir qancha asarlar yozdi. Ayniqsa, uning “Zardoʻsht tavallosi” va “Hokimiyatga intilish” nomli asarlari katta shuhrat qozondi. Uning “Tarixning hayot uchun foyda va zarari toʻgʻrisida”, “Shopengauer murabbiy sifatida”, “Rixard Vagner Bayretda”, “Erkin tafakkur sohiblari uchun qoʻllanma”, “Axloqning mohiyati” nomli asarlarida hayot falsafasi bor boʻy-basti bilan namoyon boʻlgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Maktublar
Maktublar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.