F

Fridesh Karinti

25.06.1887 29.08.1938

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Fridesh Ernyo Karinti (veng. Karinthy Frigyes Ernő; 25-iyun 1887, Budapesht – 29-avgust 1938, Shiofok) – venger yozuvchisi, Vengriyaning eng koʻzga koʻringan yozuvchilaridan biri. 1902-yili Jyul Vernga oʻxshatma tarzda yozilgan “Er markaziga toʻy sayohati” asarini ilk marta taqdim etgan. Vengriya modernistlarining “Nyugat” (Gʻarb) jurnali bilan hamkorlik qilgan. Fridesh Karinti birqancha sheʼrlar, parodiyalar, hikoyalar, fantastik-hajviy qissa va romanlar, dramalar yozgan.  Alan Miln, Jonatan Svift asarlarini venger tiliga tarjima qilgan. Asarlari: “Qiyshiq oyna” (1912, hikoyalar), “Siz shunday yozasiz” (1912, parodiyalar), “Yosh yigit bilan uchrashuv” (1913, hikoyalar), “Fa-re-mi-doga sayohat” (1915, parodiya), “Kechiring, hurmatli ustoz” (1916, hajviy roman), “Sehrli kreslo” (1918, pyesa), “Xristos va Varrava (1918, felyetonlar), “Kapillariya” (1921, ““Fa-re-mi-doga sayohat”ning davomi), “Sim ustida raqs” (1923, roman), “Buni hech kimga ayta olmayman” (1930, sheʼrlar), “Jannatdan xabar” (1937, hajviy roman), “Bosh suyagim uzra sayohat” (1937, roman-grotesk), “Idishdagi maktub” (1938, tamomlanmagan sheʼrlar).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Sirk
Sirk

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.