F

Fransua Moriak

Tavalludi
11-oktabr 1885
Vafoti
1-sentabr 1970
Qissa

Fransua Moriak (1885. 11. 10, Bordo – 1970. 1. 9, Parij) – fransuz yozuvchisi. Fransiya Fanlar Akademiyasi aʼzosi. Ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshlagan. Birinchi romani “Zanjir jafosini tortgan bola” (1913)da qishloqlik yigitning Parijdagi sarguzashtlari tasvirlangan. “Moxovga hadya etilgan boʻsa” (1922), “Volida” (1923), “Tereza Deskeyru” (1927), “Ilonlar oʻrami” (1939), “Boshi berk koʻcha” (1939) kabi romanlari mashhur. 1943-yilda Fransiya Qarshilik harakatiga qoʻshilib, Forez taxallusi bilan fashizmga qarshi maqolalar yozgan (“Qora daftar”). Uning urushdan keyin yozilgan asarlaridan “Maymun” (1951), “Xudoyiga atalgan qoʻzichoq” (1954), “Oʻtmish oʻspirini” (1969) kabi romanlari mashhur. Moriak 1952–70-yillarda Fransiyada chiqadigan “Ekspress” va “Figaro” gazetalarida oʻzining siyosiy, axloqiy va estetik mavzularda yozilgan “Yon daftarlar” ini eʼlon qildi. Uning ijodi uchun illatlarni ruhiy tahlil qilish va tabiiy detallashtirish xos. “Roman” (1928), “Romannavis va uning personajlari” (1938), “Ruhiyat xotiralari” (1956) kabi asarlarida yozuvchining badiiy-estetik karashlari oʻz ifodasini topgan. Soʻz sanʼatidagi har qanday modernizmga qarshi turgan Moriak hayotni qanday boʻlsa, shundayligicha tasvirlashga intilgan. Nobel mukofoti laureati (1952).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Ilonlar changalida Fransua Moriak
Ilonlar changalida

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.