F

Farhod Jiylon

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Farhod Jiylon 1945-yili Xitoyning Shinjon-uyg‘ur viloyati G‘ulja shahrida ma’rifatparvar oilada tug‘ulgan. 1954-1969-yillarda G‘ulja va Urumchidagi rus maktablarida o‘qigan. Madaniy inqilob paytida o‘qishni davom ettirolmagan. So‘ngra boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi, Shinjon xalq nashriyotida tarjimon bo‘lib ishlagan. Farhod Jiylon 1979-2005-yillarda Shinjon ijtimoiy fanlar akademiyasi tadqiqot institutida mehnat qilgan. Farhod Jiylon adabiy ijodiyotga 1960-yillarning boshida yozgan «Pul» nomli hikoyasi bilan kirib kelgan. Uning «Oltin qondagi to‘y» turkum hikoyalari, «O‘rxun shajarasi», «Mahmud Koshg‘ariy» , «Iduqut yulduzi» romanlari chop etilgan. Farhod Jiylon til tadqiqoti bilan shug‘ullanib, uyg‘ur tili va tilshunosligiga oid maqolalar yozgan. U Baskakovning «Turkiy tillar», Aleksandr Dyumaning «Graf Monte Kristo» asarlarini ruschadan uyg‘urchaga tarjima qilgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
«Oltin qon»dagi to‘y
«Oltin qon»dagi to‘y

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.