Erkin Norsafar 1974-yilda tugʻilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, dramaturg va jurnalist. Hozirgi kunda Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida adabiy boʻlim mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Asosiy ijodiy faoliyati
Erkin Norsafar adabiyot va teatr san'atiga qo'shgan hissasi bilan tanilgan. Uning qator qissa va hikoyalari matbuotda eʼlon qilingan bo'lib, 2024-yilda "Oltin nashr" nashriyoti tomonidan muallifning "Mehrob va Masxara" nomli ilk hikoyalar toʻplami o'quvchilar e'tiboriga havola etilgan.
Dramaturg sifatida uning ko'plab asarlari, jumladan, chuqur ijtimoiy dramalar, fojialar va bolalar uchun musiqali ertak-tomoshalar respublika teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.
Teatrlarda sahnalashtirilgan asarlari
"Tashna qalb" ("Loʻli qiz") — musiqali komediya
"Jannatga biz bilan kir!" — drama
"Kafansiz koʻmilganlar" — drama (S. Qodirov bilan hammualliflikda)
"Endi kech..." — drama
"Togʻ bulbulining soʻnggi xonishi" — fojia
"Tigʻ ustida yurgan odamlar" — fojia
"Vaqt dasturi" — bolalar uchun musiqali fantastik-tomosha
"Koʻhna oʻrmon gʻaroyibotlari" — bolalar uchun musiqali ertak-tomosha
"Koinot xaloskorlari" — bolalar uchun musiqali fantastik-tomosha
Yutuq va mukofotlari
2014-yil: Toshkent shahrida oʻtkazilgan "Debyut–2014" V-festivalida "Togʻ bulbulining soʻnggi xonishi" dramasi "Yilning eng yaxshi dramatik asari" nominatsiyasiga sazovor bo'lgan.
2018-yil: Toshkent shahrida oʻtkazilgan havaskor teatrlar festivalida Jarqoʻrgʻon xalq teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Kafansiz koʻmilganlar" asari "Yilning eng yaxshi spektakli" nominatsiyasi g'olibi bo'lgan.
2019-yil: "Yilning eng faol jurnalisti" tanlovi sovrindori.
Kitoblar (9)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Salamandra
Erkin Norsafar
Salamandra
|
— |
0.0
(0)
|
|
Koʻzgu
Erkin Norsafar
Koʻzgu
|
— |
0.0
(0)
|
|
Zulmat va alanga
Erkin Norsafar
Zulmat va alanga
|
— |
0.0
(0)
|
|
Oq yomgʻir
Erkin Norsafar
Oq yomgʻir
|
— |
0.0
(0)
|
|
Xiyobon
Erkin Norsafar
Xiyobon
|
— |
0.0
(0)
|
|
Toʻlgʻoq
Erkin Norsafar
Toʻlgʻoq
|
— |
0.0
(0)
|
|
Tilla
Erkin Norsafar
Tilla
|
— |
0.0
(0)
|
|
Bekatdagi malak
Erkin Norsafar
Bekatdagi malak
|
— |
0.0
(0)
|
|
Bozorchi
Erkin Norsafar
Bozorchi
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Salamandra
Erkin Norsafar
Salamandra
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Koʻzgu
Erkin Norsafar
Koʻzgu
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Zulmat va alanga
Erkin Norsafar
Zulmat va alanga
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Oq yomgʻir
Erkin Norsafar
Oq yomgʻir
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Xiyobon
Erkin Norsafar
Xiyobon
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Toʻlgʻoq
Erkin Norsafar
Toʻlgʻoq
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Tilla
Erkin Norsafar
Tilla
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Bekatdagi malak
Erkin Norsafar
Bekatdagi malak
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Bozorchi
Erkin Norsafar
Bozorchi
|
— | Hikoya |
0.0
|