Epikur

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Epikur miloddan avvalgi 341-270-yillarda Afinaning Samos orolida yashab ijod etgan qadimgi yunon faylasufi hamda epikurianizm falsafa maktabining asoschisidir. Epikurianizm taʼlimotiga koʻra, falsafa insonga baxtga erishish, osuda hayotni qoʻlga kiritish, tinch hamda erkin boʻlish, ogʻriqlardan qutilish va qadrdon doʻstlar davrasida oʻz hayotidan qoniqib yashashi uchun yoʻllanmadir. Epikurning qayd etishicha, huzur-halovat va dard ezgulik hamda yovuzlikni aniqlashdagi oʻlchovlar hisoblanadi. Oʻlim tana hamda qalb harakatining nihoyasidir. Insonning erishgan yutuqlari yoki uning boshiga yogʻiladigan balolarning xudoga daxli yoʻq. Bular inson harakatining oqibatidir. Borliq – nihoyasiz va abadiydir. Olamda sodir boʻlguvchi voqealar boʻsh makondagi atomlarning oʻzaro taʼsiri hamda harakatiga bogʻliq. Epikurning qarashlari oʻsha zamon olimlarining u qadar diqqatini tortmagan. Ayniqsa, Demokrit uning fikrlariga shubha bilan qaragan. Boisi, determinizm (narsa va hodisalarning sababiy bogʻlanishlari haqidagi materialistik taʼlimot) borasidagi bir qator keskin mulohazalari Demokritnikidan farq qilgan. Epikur asos solgan maktab kichkina boʻlsa ham, bu maktab rivoji uchun u butun umrini bagʻishlagan. Epikurning uchtagina xati toʻliq holda, Diogenning “Mashhur faylasuflar” asari hamda Vatikan kutubxonasida saqlanayotgan qoʻlyozmalar orqali, shuningdek, uning papirusga yozilgan “Tabiat xususida” nomli asaridan bir nechta parchalar bizgacha yetib kelgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Epikur 0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz