Ejen Ionesku

Ejen Ionesku

Tavalludi
26-noyabr 1907
Vafoti
28-mart 1994
Pyesa

Ejen Ionesku (Eugène Ionesco) – taniqli rumin dramaturgi, absurd teatri asoschilaridan biri; Fransiya Akademiyasi aʼzosi. Ejen Ruminiyaning Slatina shahrida rumin advokati oilasida tugʻilgan. Onasi fransuz edi. Bolalik chogʻlarida oila Parijga koʻchdi va Ejenning tili fransuzchada chiqdi. Oradan oʻn-oʻn besh yil oʻtgach, Ioneskular oilasi yana Ruminiyaga qaytib, Ejen Buxarest universitetida tahsil oldi va fransuz tili oʻqituvchisi diplomiga ega boʻldi. Ejen Ionesku avvaliga rumin va fransuz tillarida sheʼrlar ijod qildi, shuningdek, “Yoʻq!” taxallusi bilan oʻtkir pamfletlar yozdi. Keyinchalik u dunyoga pyesalari bilan mashhur boʻldi. Adib oʻttizga yaqin drama asari yozgan boʻlib, bu pyesalar adabiyot muxlislari oʻrtasida hanuzgacha munozara qoʻzgʻab keladi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Qadrdonlar Ejen Ionesku
Qadrdonlar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help