C

Ched Oliver

30.03.1928 09.08.1993

0.0 (0 ta baho)
Qissa

Ched Oliver (30. 03. 1928 – 09. 08. 1993) – amerikalik antropolog olim, fantast yozuvchi. Amerika hindulari hayotidan olib yozilgan romanlar muallifi. Toʻliq ismi – Simms Chedvik Oliver. Ogayo shtatining Sinsinnati shahrida tugʻilgan. 1944-yilda Texas universitetini tamomlagan. Bir muddat Sharqiy Afrikada ishlagan. Keniyada oʻzining “Gʻarbiy Afrikada madaniyat va ekologiya” loyihasi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazgan, Akambo qabilasi orasida yashagan. 1955-yilda Oliver Texasga qaytib, Texas universitetida assistent, keyinchalik esa, universitet professori vazifasida xizmat qildi. Hozirda mazkur universitetda professor Oliver nomidagi stipendiya jamgʻarmasi hamda oʻqituvchilar uchun yillik pul mukofoti taʼsis etilgan. Ched Oliverning ilk ilmiy-fantastik hikoyasi – “Yoʻqolgan qitʼa tuprogʻi” 1950-yilda chop etilgan. Shundan keyin u “Zamonlar toʻfoni” (1957), “Erdan tashqaridagi qoʻshnilar”, “Oʻzga dengiz sohillari” (1971) singari 6 ta roman hamda 50 dan ortiq hikoya va qissalar yozgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yulduz shu’lasi
Yulduz shu’lasi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.