Charlz Dikkens

Charlz Dikkens

07.02.1812 09.06.1870

5.0 (1 ta baho)
Roman Tarixiy roman

Jon Haffem Charlz Dikkens - ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833-yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dikkens asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dikkens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan “Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari” (1837), “Oliver Twistning sarguzashtlari” (1838), “Nikolas Niklbi” (1839) romanlari Dikkensni dunyoga mashhur qildi. XIX asrning 40-50-yillari Dikkens ijodi gullagan davr boʻldi. “Martin Chuzzlewit” (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. “Dombi va oʻgʻli”(1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi “David Kopperfayld” (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dikkens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848-yilda Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dikkens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldii: "Sovuq uy"1853, “Mashaqqatli zamon” (1854), “Jajji Dorrit” (1857) va boshqalar shular jumlasidandir. Bular orasida, ayniqsa, “Mashaqqatli zamon” romani alohida ahamiyatga ega.

“Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa” (1859), “Intizorlik” (1861), “Bizning umumiy doʻstimiz” (1865) kabi romanlarida esa Dikkens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Ikki shahar haqida hikoya
Ikki shahar haqida hikoya

1859

5.0 (1)
Oliver Tvisting boshidan kechirganlari
Oliver Tvisting boshidan kechirganlari

1837

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help