Bruno Traven

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Bruno Traven (V. Traven; 3-may 1890, Chikago – 26-mart 1969, Mexiko) – nemis yozuvchisi. Haqiqiy ismi Traven Torsvan Krovs bo‘lgan va Ret Merut, Rixard Maurxut, Xotamare fon Kirena, Artur Terlen, I. Mermet kabi qator taxalluslar ostida yashab ijod qilgan Bruno Traven 1890-yilning 3-mayida Chikagoda muhojir oilada tug‘ildi.
Yoshligida u savdo flotida ishladi, kemada kichik matros bo‘ldi va yana shu yerda ofitsiantlik qildi, so‘ng ko‘mir tashuvchi va go‘laxi yumushini ham bajardi.
Birinchi jahon urushi yillarida u Germaniyaga keldi va bu yerda Ret Merut taxallusi bilan publitsist sifatida tanildi. 1920-yilda T. T. Krovs Meksikaga keladi va bu yerda paxta yig‘uvchi, oltin qidiruvchi, hatto podachi bo‘lib ham ishlaydi. 1925-yilda Meksika dehqonlari haqida “Paxta teruvchilar”, keyinroq dengizchilar to‘g‘risida “Murdalar kemasi” va oltin qidiruvchilar haqida “Serra-Madre xazinasi” romanlarini nashr ettirdi.
Adib o‘z tarjimai holi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishni istamasdi. Uning oltin qidiruvchilar haqidagi romani asosida ishlangan film muvaffaqiyat qozongandan so‘ng jurnalistlar yozuvchi bilan bog‘lanib, uning sirli hayotini oydinlashtirmoqchi ham bo‘lganlar.
Yozuvchi Meksikada yashadi va 1957-yil Roza Luxan ismli ayolga uylandi. Krovs vafotidan so‘ng uning bevasi 1969-yil matbuotga adibning tug‘ilgan yili, uning haqiqiy ismi va hayoti haqida batafsil bayonot berdi.
Etmish sakkiz yoshga borib hayotni tark etgan Traven Torsvan Krovsning xoki samolyotda Meksikaning Chapas shtatidagi tropik o‘rmonlarga sochib yuborildi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Bruno Traven
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz