Botu

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Atoqli shoir va jurnalist Botu (asl ismi Mahmud Hodiyev) 1904-yil 15-may kuni Toshkentda tugʻilgan. Rus-tuzem maktabi (1914–17), oʻqituvchilar tayyorlash kursi (1918–20), Moskva davlat universitetining iqtisod fakulteti (1921–27) da oʻqigan.“Fargʻona” gazetasi, “Alanga” jurnalida bosh muharrir, ayni vaqtda Oʻzbekiston xalq maorifi komissari oʻrinbosari boʻlib ishladi (1928–30). Dastlabki sheʼrlarida Munavvar qori singari milliy istiqlolchilar taʼsiri seziladi. “Umid uchqunlari” (1925), “Toʻlqin tovushlari” (1929) toʻplamlari nashr etiladi. U yangi tuzumga chin dildan ishongan, xalqqa haqiqiy tenglik, ozodlik, baxt-saodat beradi, deb umid qilgan. Shu maʼnoda yangilikni, yoshlikni, Xotin-qizlar ozodligini kuyladi. Botu “Yangi qishloq” (1928), “Hoshim jon”, “Tursun” (1929), shuningdek bolalarga bagʻishlangan hikoyalari (“Bolalar yolgʻoni”, “Mening kitobim” va b.)da yangi ijtimoiy munosabatlar hamda bolalar dunyosi ruhiyatini tasvirladi. Botu oʻzbek-arab alifbosini lotin grafikasi asosidagi alifboga almashtirish tashabbuskorlaridan boʻlgan (1920). Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalariga oid bir qator maqolalar muallifi. Botu 1930-yilda nohaq ayblanib, qamoqqa olindi va qatagʻon qurboni boʻldi. Toshkent koʻchalaridan biriga va maktabga Botu nomi qoʻyilgan.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz