Boris Pilnyak

Boris Pilnyak

Tavalludi
11-oktabr 1894
Vafoti
21-aprel 1938
Hikoya

Rus yozuvchisi. “Yalangʻoch yil” (1921), “Boʻron” (1922), “Uchinchi poytaxt” (1923), “Qizil daraxt” (1929) “Volga Kaspiy dengiziga quyiladi” (1930) kabi asarlari bilan shuhrat qozongan.
Ijodida rus mumtoz adabiyoti va gʻarbdagi turli adabiy oqimlarning taʼsiri ochiq seziladi. “Soʻnmagan oy qissasi” yozuvchining eng yaxshi asarlaridan biri. U real hayotiy voqealar asosida yozilgan. Maʼlumki, 1925-yilda mashhur qoʻmondon Mixail Frunze Stalinning koʻrsatmasiga muvofiq majburan operatsiyaga yotqizilgan va koʻp miqdorda yuborilgan xloroformdan zaharlanib, olamdan oʻtgan edi. Oldindan rejalashtirilgan bu qotillik haqida ana shu yillarda hatto gapirish ham mumkin emas edi. Yozuvchi B. Pilnyak “Soʻnmagan oy qissasi”da mazkur voqeaga doir oʻz nuqtai nazarini dadil ilgari suradi. Asar nashr etilishi bilanoq yigʻishtirib olinadi va yoʻq qilinadi.
Yozuvchi 1937-yilda soxta ayblar bilan qamalib otib tashlanadi. Vafotidan keyin 1956-yilda oqlangan. Asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Soʻnmagan oy qissasi Boris Pilnyak
Soʻnmagan oy qissasi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.