Boris Pasternak

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
roman

Pasternak Boris Leonidovich [1890. 29. 1(10. 2), Moskva – 1960. 30. 5, Moskva viloyati Peredelkino qishlogʻi] – rus shoiri.
Sanʼatkor oilasida tugʻilgan. Bolalik va yoshlik yillarida tasviriy sanʼat va musiqa kompozitsiyasi bilan qiziqqan. 1909-yil musiqachilik kasbidan voz kechib, Moskva universitetining tarix-falsafa fakultetiga oʻqishga kirgan.
1912-yil Germaniyaga borib, Marburg universitetida bir semestr oʻqigan. Ammo koʻp oʻtmay, faylasuflik istiqbolidan ham voz kechib, sheʼriyat bilan shugʻullana boshlagan. “Bulutlar orasidagi egizak” (1914) nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etilgan. 1917-yil toʻntarishi arafasida u futuristlar bilan aloqa oʻrnatib, ular taʼsiriga beriladi. Biroq boshqa futuristlardan farqli oʻlaroq, Pasternak oʻtmish va “eski” madaniyatdan yuz oʻgirmay, 19-asr rus (M. Yu. Lermontov, F. I. Tyutchev) va nemis (R. M. Rilke) falsafiy lirikasi anʼanalarini davom ettiradi.
“Hayot mening hamshiram” (1917) sheʼrida Pasternak sheʼriyatining muhim xususiyatlaridan biri – tabiat olami, hayot bilan uzviylik ilk bor koʻzga tashlanadi. 20-yillardan boshlab Pasternak sheʼriyatida lirikadan epos sari intilish tamoyili seziladi va u “Toʻqqiz yuz beshinchi yil”, “Leytenant Shmidt” dostonlarida lirik tafakkurdan epik tafakkurga oʻta boshlaydi.
Pasternak urush va inqiloblar davridagi inson taqdiriga bagʻishlangan “Samoviy yoʻllar” (1924– 33) nasriy kitobi hamda “Sikorskiy” sheʼriy romanida voqeiy syujetga qarshi oʻlaroq tabiat olami va muhabbat bilan bogʻliq syujetni oʻrtaga tashlaydi.
Pasternak bu asarlarida inqilob oldida turgan yuksak maqsadni tan olgani holda maqsadga erishishning inqilobiy zulm va zoʻravonlik yoʻlini keskin inkor etadi. 30-yillarning oʻrtalarida – 40-yillarda yaratgan asarlarida (“Sanʼatkor”, 1936; “Barvaqt yurgan poyezdlar”, 1931) Pasternak obrazlar tizimini soddalashtirib, rus klassiklariga xos “ravshan uslub”ga oʻta boshlagan.
Pasternak qariyb butun ijodi davomida nasriy asarlar yaratishga ham katta eʼtibor bergan. U urushdan keyingi yillarda “Doktor Jivago” (1957, Milan) romanini yozib, unda shaxsiy hayot bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida arosatda qolgan Sergey Sikorskiyga qondosh rus ziyolisining obrazini yaratgan. U ushbu romanda sovet davri yozuvchilari orasida birinchi boʻlib inqilob gʻoyasini rad etgan va jamiyatni ijtimoiy jihatdan qayta qurish mumkinligiga shubha bildirgan. Mazkur asar Pasternakning totalitar tuzum tomonidan tazyiq ostiga olinishiga sabab boʻlgan.
Pasternak 50–60-yillarda “Yayragan chogʻingda” (1956–59) sheʼrlar turkumi, “Odamlar va holatlar” (1957), “Koʻr sohibjamol” (1969-yil nashr etilgan) dramatik dostonlarini yozgan. Shekspir, Gyote, Shelli, Verlen, Petyofi va boshqa shoirlarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureati (1958). (Naim Karimov)

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Boris Pasternak
roman
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz