Bogumil Grabal

Bogumil Grabal

28.03.1914 02.02.1997

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Chex adibi Bogumil Grabalning (Bohumil Hrabal) XX asr adabiyotida o‘ziga xos o‘rni bor. 1914-yilda tug‘ilgan yozuvchi o‘tgan asrning oltmishinchi yillariga kelib katta shuhrat qozondi.
Frantsiya, Italiya, Germaniya, Vengriya, Polsha, Skandinaviya, AQSh, Kanadaning nufuzli adabiy jurnallari uning qissa va hikoyalarini bosib chiqardi.
«Qa’rdagi mitti dur», «Maxsus vazifali poyezdlar» kabi yigirmadan ortiq kitoblar muallifi bo‘lgan bu yozuvchining qahramonlari asosan murakkab taqdirli, hayotda qiynalgan va lekin qat’iyatli kishilardir.
U eng jirkanch va fojeali holatlar zamiridan ham go‘zallik ilg‘aydi, nafislik, latiflik va ezgulikni oddiy va hatto g‘arib kishilar orasidan qidiradi va topadi. U 1994-yili Nobel mukofotiga nomzod, 1967-yili ssenariysi uchun “Oskar” mukofoti laureati bo‘lgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Beatriche
Beatriche

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.