Bhisham Sahni

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa va hikoyalar

Bhisham Sahni 1915-yilda Ravalpindi shahrida tugʻilgan. Lahoʻr shahrida kollejni bitirib, yana Ravalpindiga qaytib kelib, shu yerda kichik bir xizmatchi boʻlib ishlay boshlagan. Hindistonning ikkiga boʻlinishi arafasida diniy adovat tufayli sodir boʻlgan qirgʻinlarda minglab oddiy kishilar begunoh oʻlganligining shohidi boʻldi. B. Sahni xalqiga yordam berish uchun qoʻliga qalam oldi, “Moviy koʻzlar” nomli birinchi hikoyasi 1940-yilda Ravalpindida bosilib chiqdi.
1947-yilda Hindistonning boʻlinish paytida ingliz mustamlakachilari uyushtirgan hindu-musulmon toʻqnashuvlari sababli B. Sahni tugʻilib oʻsgan shahrini tashlab ketishga majbur boʻladi. U Bombayda turadigan akasi – taniqli kinorejissyor va aktyor Balraj Sahniyning oldiga ketadi. Oradan koʻp oʻtmay Bhisham Sahniy Dehli universitetida ingliz adabiyotidan dars bera boshlaydi va poytaxt adabiy muhitiga faol kirishib ketadi. U hindi tilida chiqadigan “Yangi hikoyalar” degan adabiy jurnalga boshchilik qiladi. 1975-yil may oyida B. Sahni Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilari Milliy federatsiyasining bosh sekretari qilib saylanadi. U Osiyo va Afrika yozuvchilarining birdamlik harakatida aktiv ishtirok etadi.
Yozuvchi yaratgan asarlar uning katta sanʼatkor, yetuk ijodkor ekanidan dalolat beradi. B. Sahni 1975-yilda “Zulmat” romani uchun Hindiston Adabiy Akademiyasining mukofotiga sazovor boʻldi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Bhisham Sahni
qissa va hikoyalar
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz