Bernard Shou

Bernard Shou

26.07.1856 02.11.1950

0.0 (0 ta baho)
Pyesa

Jorj Bernard Shou (George Bernard Shaw) (1856. 26. 7, Dublin – 1950. 2. 11, Eyot-Sent-Lorens) – ingliz yozuvchisi, dramaturg.
1871-yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruhoniy boʻlib ishlagan. 1876-yilda Londonga koʻchib borib, jurnalistika va badiiy ijod bilan shugʻullangan. Dastlabki romanlari – “Misi chiqqan nikoh”, “Artist sevgisi”, “Keshel Bayronning kasb-kori”, “Havaskor sotsialist” 1881–83-yillar chop etilgan.
Shouning “Tul xonadonlari” (1882), “Yurakxoʻr” (1883), “Uorren xonimning kasb-kori”, (1884) ilk pyesalari sahna yuzini koʻra olmagan. Shu bois muallif ularni “Yoqimsiz pyesalar” (1898) nomi bilan nashr etgan. Shundan soʻng Shouning “Yoqimli pyesalar” (“Qurol va inson”, “Kandid”, 1894; “Taqdir arzandasi”, “Yashasak – koʻrarmiz”, 1895) hamda “Puritanlar uchun uchta pyesa” (“Shaytonning shogirdi”, 1896–97; “Sezar va Kleopatra”, 1898; “Kapitan Brasbundning murojaati” eʼlon qilingan. Ushbu pyesalarni yaratish jarayonida Bernardning dramaturgik metodi uzil-kesil shakllangan va u “gʻoyalar dramasi” sifatida shuhrat qozongan zamonaviy dramaturgiyaning asoschilaridan biri boʻlib qolgan. Jahon dramaturgiya tarixiga sermahsul dramaturglardan biri sifatida kirgan Shou 30 dan ziyod sahna asarlarini yaratgan.
Shouning “Pigmalion” (1913), “Yuraklar vayron boʻlayotgan xonadon” (1913-19), “Olma ortgan arava” (1919), “Mafusail sari orqaga” (1918–20), “Avliyo Ioanna” (1923), “Yomon boʻlsa ham, haqiqat” (1931), “Millioner ayol” (1936), “Jeneva” (1938), “Yaxshi qirol Karlning oltin kunlarida” (1939) kabi asarlari rang-barang mavzularga, turli janr koʻrinishlariga ega boʻlib, unda tarix va jamiyatda roʻy bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni turli nuqtai nazardan koʻrsatishga qaratilgan.
Shouning gumanizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhim voqea boʻlgan, jahon dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqiyotiga katta turtki bergan.
Nobel mukofoti laureati (1925). Ayrim pyesalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. 

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Pigmalion
Pigmalion

0.0 (0)
Qalblar parchalanadigan xonadon
Qalblar parchalanadigan xonadon

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.