Berdi Kerboboyev

Berdi Kerboboyev

03.03.1894 05.03.1974

0.0 (0 ta baho)

Kerboboyev Berdi Murodovich (Berdy Kerbabaýew) [1894. 3(15). 3, Tajan tumani Qavqi-Zarang qishlog‘i – 1974. 5. 3, Ashxobod] – Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan. Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademigi. (1951). Buxorodagi madrasada tahsil olgan, Leningrad universiteti sharq fakultetida o‘qigan (1927-28).
Ilk hajviy she’rlari 1925-yilda «Turkmaniston» gazetasi va «Tokmak» («To‘qmoq») jurnalida bosilgan. Dastlabki dostonlari («Yangi turmushga», 1928; «Amudaryo», 1931), hikoya va ocherklari («Maral», 1937), qissalari («Bayram», 1934; «Botir», 1935) va dramatik asarlari («Hurliqo va Hamro», 1940 va b.) turkman adabiyoti taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan. «Qurbon Durdi» qissasi (1942), «Oylar» dostoni (1943), «Vatanga muhabbat» (1941), «Qardoshlar» (1943) kabi sahna asarlarida 2-jahon urushida bosqinchilarga qarshi kurash va turkman xalqining mamlakat ichkarisidagi mehnati aks etgan. «Dadil qadam» (1–3-kitoblar, 1940–55) da turkman xalqining o‘tmishi, hayoti, kurashi, ruhiy kechinmalari tasvirlangan. «Oysulton» qissasi (1949) turkman paxtakorlariga bag‘ishlangan, «Nebitdog‘» romani (1957) neftchilar faoliyati va hayoti haqida.
Kerboboyev Navoiy, Hamza, Abdulla Qodiriy va boshqa ijodidan ilhomlangan. Oybek, G‘afur G‘ulom va b. ning ayrim asarlarini turkmanchaga tarjima qilgan. Kerboboyevning deyarli barcha yirik asarlari o‘zbek tilida nashr qilingan. «Maxtumquli» dramasi (1943; Yashin tarjimasida) sahnalashtirilgan. Asarlari: Dadil qadam (roman), T., 1951; Oysulton, (qissa),T., 1958; Nebitdog‘ (roman), T., 1963; Turkmaniston bahori (she’rlar), T., 1974.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yozuvchining qanoti
Yozuvchining qanoti

0.0 (0)
Zehn, yurak, uquv va mehnat zarur
Zehn, yurak, uquv va mehnat zarur

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.