Begim Ruqiya Saxovat

Begim Ruqiya Saxovat

09.12.1880 09.12.1932

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Begim Ruqiya Saxovat Husayn (বেগম রোকেয়া সাখাওয়াত হোসেন) – Bangladesh shimolidagi Rangpurda dunyoga kelgan. Oilada arab va fors tillarida so‘zlashilardi. Bo‘lajak yozuvchi ingliz va bengal tillarini katta akasi Ibrohimdan o‘rgangan.
O‘n olti yoshida Bxalgalpur tumanidagi shahar boshqarmasida o‘rinbosar bo‘lib ishlaydigan Xon Bahodir Hasanga turmushga chiqadi. Xon Bahodir ayollarning ilm-ma’rifatli bo‘lishi tarafdori sifatida maktablar qurdirishga intilgan edi. Begim Ruqiya unga har bir ishda hammaslak bo‘ladi. 1909-yili erining o‘limidan so‘ng Begim Ruqiya tashabbusi bilan tashkil qilingan ilk maktabga Xon Bahodir Hasan nomi berildi. Jamiyatda ayollarning haq-huquqlarini himoya qilish, xotin-qizlar faolligini oshirish yo‘lida kurashgan adiba bu mavzuda qator asarlar yaratdi.
Begim Ruqiya Bangladesh tarixida ham yozuvchi, ham jamoat arbobi sifatida alohida o‘rin egallaydi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Sultonaning tushi
Sultonaning tushi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.