A

Aziz Ziyo

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Aziz Ziyo 1914-yili Madinai Munavvarada tug‘ilgan. Dastlabki savodini Madinadagi kuttabda, keyinchalik Hoshimiya maktabida chiqardi. So‘ng 1927-yili Makkai Mukarramadagi tibbiyot maktabida o‘qidi.
Bir muddat Qohiradagi al-Xudayviy Ismoil maktabida, keyinchalik esa Bayrutdagi Amerika universiteti va Qohira universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi tufayli u o‘qishini yakunlamay, Saudiya Arabistoniga qaytadi.
Ingliz, fransuz va turk tillarini bilgan Aziz Ziyo jurnalistlik faoliyati bilan birga, bir qator hukumat muassasalarida faoliyat olib borgan.
U o‘ttizdan ortiq roman va pysalarning muallifi va tarjimonidir. Bayrutdagi Amerika universitetida tahsil olayotgan paytida Oskar Uayld, Somerset Moem, Lev Tolstoy, Jorj Oruel, Bernard Shou, Robindranat Tagor asarlarini arab tiliga tarjima qilgan.
Adib 1997-yil Jiddada vafot etdi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
G‘urbatdagi hayotim
G‘urbatdagi hayotim

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.