Taniqli shoir, tarjimon va muharrir Aziz Abdurazzoq 1928-yilda Toshkent shahrida tugʻildi. Avval Madaniy-oqartuv texnikumida, keyin Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil koʻrdi. Koʻp yillar yoshlar gazetasida (hozirgi “Turkiston”), “Sharq yulduzi” va “Guliston” jurnallarida adabiy xodim, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi boʻlib xizmat qildi. Aziz Abdurazzoqning birinchi sheʼriy toʻplami “Doʻstlarimga” 1959-yilda nashr etilgan edi. Shundan buyon oʻtgan qariyb yarim asrlik ijodiy faoliyati mobaynida shoirning “Yana bahor”, “Bodom gulladi”, “Lirika”, “Quvnoq yomgʻir” kabi bir qator sheʼriy toʻplamlari nashr etildi. Uning bolalarga atab yozilgan sodda, samimiy va oʻynoqi sheʼrlari kichkintoy kitobxonlarimiz mehrini qozongan edi. Shoirning “Rahmat! Rahmat!”, “Oh, qanchalik shirin!”, “Qizcha va lola”, “Az-zamon hikoyalari”, “Mingchinor”, “Kichkina demang bizni” kabi sheʼrlar, ertaklar va hikoyalar toʻplamlari oʻzbek bolalar adabiyoti tarixida oʻziga xos oʻrin tutadi. Aziz Abdurazzoq M. Lermontov, T. Shevchenko va boshqa mashhur shoirlar sheʼrlarini, G. Longfelloning “Gayavata haqida qoʻshiq” dostonini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. Faol ijodiy faoliyati uchun 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy Yorligʻi bilan taqdirlangan edi.
Kitoblar (2)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Akam ekkan oʻrik
Aziz Abdurazzoq
Akam ekkan oʻrik
|
— |
0.0
(0)
|
|
Oydek jamollar
Aziz Abdurazzoq
Oydek jamollar
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Akam ekkan oʻrik
Aziz Abdurazzoq
Akam ekkan oʻrik
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Oydek jamollar
Aziz Abdurazzoq
Oydek jamollar
|
— | Hikoya |
0.0
|