Ayzek Azimov

Ayzek Azimov

02.01.1920 06.04.1992

4.0 (2 ta baho)
Bolalar adabiyoti Distopiya Hikoya Ilmiy fantastika Roman

Amerikalik fantast yozuvchi, fan targʻibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlogʻida tugʻilgan. 1923-yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga koʻchib ketgan. Oʻsha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Ilmiy tadqiqotlari uchun falsafa doktori unvonini olgan.
Birinchi qissasi 1939-yili eʼlon qilingan. Shundan soʻng “Poydevor va Imperiya” (1952), “Men robotman”, “Mangulik intihosi” (1955), “Neytrino”, “Darbadar” (1966), “Koinot oqimlari” (1972), “Poydevor qirralari” (1982), “Poydevor va Yer” (1986) asarlarini eʼlon qildi. Azimov fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashqari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham oʻrin olgan. Azimov ilmiy fantastika asoschilaridan biri.
Azimovning bir qancha hikoyalari va “Koinot oqimlari” romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Baho
O‘qituvchi odam bo‘l... Ayzek Azimov
O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan...

1951

0.0 (0)
Ular uchib kelisholm... Ayzek Azimov
Ular uchib kelisholmaydi

0.0 (0)
Koinot oqimlari Ayzek Azimov
Koinot oqimlari

0.0 (0)
Fazodagi mojaro Ayzek Azimov
Fazodagi mojaro

4.0 (2)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help