Axtaruzzamon Ilyos

Axtaruzzamon Ilyos

12.02.1943 04.01.1997

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Yozuvchi Axtaruzzamon Ilyos (আখতারুজ্জামান ইলিয়াস) asli mohir pedagog bo‘lgan. U Bangladesh adabiyotida mustaqillikdan so‘ng maydonga chiqqan eng buyuk qalam ustasi hisoblanadi. Garchi bitgan asarlari soni ko‘p bo‘lmasa ham, atigi ikkita romani (“Boloxona posboni” va “Xobnoma”) hamda yigirma ikkita hikoyalari bilanoq Axtaruzzamon Bangladesh va G‘arbiy Bengaldagi ko‘zga ko‘ringan adib sifatida tan olingan.
Inson fe’l-atvorini nozik his qilishi, jism va ruh o‘zgarishlarini o‘zgacha tasvirlashi, o‘tkir zakovati va yumor tuyg‘usi, munofiqlikni achchiq kinoya qilishi, tarix va siyosatni yaxshi bilishi, estetik uyg‘unlik kabilarning asarlariga ko‘chishi natijasida Axtaruzzamon Ilyos Bangladesh adabiyoti osmonida havas qilgulik darajaga ko‘tarildi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yomg‘irpo‘sh
Yomg‘irpo‘sh

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.