Avetik Isaakyan

Avetik Isaakyan

Tavalludi
19-oktabr 1875
Vafoti
17-oktabr 1957
Hikoya

Isaakyan Avetik Saakovich [1875. 19(31). 10, Kazarapat – 1957. 17. 10, Yerevan] – arman shoiri. Armaniston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Seminariyada oʻqigan (1889–92). 1911–36-yilda chet elda yashagan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1946–57).
Dastlabki sheʼr va dostonlarida ijtimoiy zulmga qarshi kurashgan xalq qahramonlari madh etilgan, inson taqdiri, kelajagi haqidagi fikrlar bayon etilgan («Qoʻshiqlar va jarohatlar», 1897; «Abul Aʼlo al-Maʼarriy», 1909–11 va b.). «Sasma Mger» dostoni (1919, 1937-yilda qayta ishlangan) arman xalq eposi «Sosunli Dovud» mavzusi asosida yaratilgan.
«Bizning tarixchilarimiz va bizning gusanlar» (1939), «Vatanimga» (1940), «Arman meʼmorchiligi» (1942) va boshqa turkum sheʼrlari mashhur. 2-jahon urushi yillarida yozgan jangovar ruhdagi sheʼrlari («Qalbim mening togʻlar choʻqqisida», 1941; «Ulugʻ gʻalaba kuni» 1945 va b.) xalq qoʻshiqlariga aylangan.
Ayrim asarlari («Poema va sheʼrlar», 1961; «Abul Aʼlo al-Maʼarriy», 1976) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Bolakay va oftob Avetik Isaakyan
Bolakay va oftob

0.0 (0)
Qalb mantigʻi Avetik Isaakyan
Qalb mantigʻi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.