- Tavalludi
- 14-noyabr 1907
- Vafoti
- 28-yanvar 2002
Astrid Lindgren (Astrid Anna Emilia Lindgren) (1907. 14. 11, Vimmerbyu – 2002. 28. 01, Stokgolm) – shved yozuvchisi. Lindgrenning birinchi kitoblari – «Britt-Mari yurakka taskinlik baxsh etadi» (1944) va «Peppi – Uzun Paypoq» (1945–52). Shvetsiya bolalar adabiyotidagi didaktik sentimental anʼanalarni oʻzgartirdi.
Bolalar uchun atalgan «Mio, mening Miom!» (1954), «Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson» (1955), «Tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi» (1962), «Tomda yashaydigan Karlson yana paydo boʻldi» (1968) kabi kitoblari bor. «Mashhur izquvar Kalle Blyumkvist» (1946), «Daydi Rasmus» (1956) kitoblarida bolalar qarovsizligi bilan bogʻliq muammolarni koʻtargan.
Lindgrenning «Lyonneberglik Emil» (1963–72), «Qaroqchining qizi Ronya» (1981) kitoblari ham mashxur. Lindgren insonparvarlik ruhidagi ijodi uchun X. K. Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (1958). Nobel mukofoti laureati (1994).
Kitoblar (4)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Quldur qizi Roni
|
1981 |
0.0
(0)
|
Mittivoy va Karlson
|
1975 |
4.0
(1)
|
Mio, bolajonim Mio
|
1954 |
1.0
(1)
|
Uzunpaypoq Peppi
|
1945 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Quldur qizi Roni
|
1981 | Roman |
0.0
|
Mittivoy va Karlson
|
1975 | Ertak |
4.0
|
Mio, bolajonim Mio
|
1954 | Ertak |
1.0
|
Uzunpaypoq Peppi
|
1945 | Roman |
0.0
|