Artur Shopengauyer

Artur Shopengauyer

22.02.1788 21.09.1860

0.0 (0 ta baho)

Nemis faylasufi Artur Shopengauyer (Arthur Schopenhauer) oʻziga toʻq Dantsig savdogarining oilasida dunyoga keldi. Savdo, tabobat, soʻng falsafadan saboq oldi. Berlin universitetida dotsent boʻlib dars berdi.
Aytishlaricha, u oʻzbilarmonlik bilan buyukligi tan olingan Gegel bilan baravar soatlarda oʻz darsini oʻtaverdi. Ammo talabalar Gegelni xush koʻrishardi. Bundan hafsalasi pir boʻlgan Artur Frankfurtga ketishga majbur boʻldi va oʻsha yerda ijod qilib, ijodi namunalarini tinmay koʻriklarga joʻnatib turdi. Ammo uni tan olishmadi. Faqat oʻlimidan soʻng, 19-asrning yetmishinchi yillariga kelib, uning nomi koʻz koʻrib quloq eshitmagan darajada shuhrat qozondi.
Asrning soʻnggi oʻttiz yili davomida u Ovrupodagi eng oʻqimishli nemis muallifiga aylandi. Uni oʻqishar, u haqda gimnazistdan telegrafistgacha hamma gapirardi. Toʻgʻri, bu uncha-muncha janjalli shuhrat edi. Unga yopishtirmagan yorliqlar qolmadi: “irratsionalizm”, “volyuntarizm”, “pessimizm”, “mizantropiya”, “ayollarga nafratli”, “ateizm” va hokazo “…izm”lar, va aytish kerakki, bu daʼvolarning aksariyati asosli edi.

 

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Hayot saboqlari
Hayot saboqlari

0.0 (0)
Ayollar haqida
Ayollar haqida

0.0 (0)
Hayot, inson, iztirob
Hayot, inson, iztirob

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.