Artur Shnitsler

Artur Shnitsler

15.05.1862 21.11.1931

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Mashhur dramaturg va yozuvchi Artur Shnitsler (Arthur Schnitzler) 1862-yilda Venada oʻziga toʻq yahudiy oilasida tugʻildi. Otasi mashhur shifokor boʻlib, A. Shnitsler ham shifokor boʻlish orzusida 1879-1884-yillarda Vena universitetiga oʻqishga kiradi. Ammo adabiyotga boʻlgan havas, ishtiyoq uni shifokorlik kasbidan voz kechishga majbur qiladi. U adabiy asarlar yozish bilan birga Z. Freydning ruhiy tahliliga oid nazariyalariga ham qiziqqan.
Uning poeziyasi, dramaturgiyasi keng shuhrat qozongan va XX asr mobaynida koʻp marotaba ekranlashtirilgan. XX asrning Yozef Rot, Muzil, German Brox va uning zamondoshi Frans Kafkadek adabiyot dargʻalarining asarlari endi-endi shov-shuv taratayotganda Shnitsler ijodining boy psixologik jihatlari oʻzini namoyon etib ulgurgandi. Uning bir qancha pyesalari Rossiya sahnalariga ham olib chiqilgan.
A. Shnitsler 1931-yilda Venada vafot etgan. Undan ikkita roman, bitta pyesa va yigirmadan ortiq qissa va hikoyalar adabiyot ixlosmandlariga meros boʻlib qolgan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Bashorat
Bashorat

0.0 (0)
Redegondaning kundaligi
Redegondaning kundaligi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.