Anna Zegers

Anna Zegers

19.11.1900 03.06.1983

0.0 (0 ta baho)
Novellalar Roman

Anna Zegers (nem. Anna Seghers, haqiqiy ismi Netti Radvani (Netty Radvanyi), 19-noyabr 1900, Maynts – 3-iyun 1983, Berlin) – nemis yozuvchisi. Kyoln va Geydelberg universitetlarida taʼlim olgan. 1933-yili Zegers oz muddat gestapo tomonidan hibsda ushlangan, kitoblari taqiqlangan. Shundan soʻng u Fransiyaga ketadi. 1940-yili gitlerchilar qoʻshini Fransiyani bosib olgach, Anna Zegers Parijdan Marselga qochadi.
1941-yili u Mexikoga ketadi va u yerda antifashistik “Genrix Geyne klubi”ni va “Ozod Germaniya” jurnalini tashkil etadi. Urushdan soʻng u Berlinga qaytadi. Zegers Butundunyo Tinchlik shoʻrosi aʼzosi, Germaniya yozuvchilar uyushmasi raisi (1958–1978); Nemis sanʼat akademiyasi aʼzosi boʻlgan.
Uning eng mashhur asarlari: “Uning boshi uchun toʻlov” (1933),  “Yettinchi xoch” (1942), “Tranzit vizasi” (1944), “Oʻlik qizlar sayri” (1946), “Barhayot oʻliklar” (1949), “Gaitidagi toʻy” (1949), “Karib lavhalari” (1962), “Gaitilik uch ayol” (1980).

 

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Barhayot o‘liklar
Barhayot o‘liklar

0.0 (0)
Tinchlik
Tinchlik

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.