Andre Morua

Andre Morua

26.07.1885 09.10.1967

5.0 (1 ta baho)
Esse Hikoya

Morua Andre (taxallusi; asl nomi Emil Erzog; 1885. 26. 7, Elbyor – 1967. 9. 10, Parij) – fransuz yozuvchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1938-yildan).
“Kamsuxan polkovnik Braml” (1918) va “Sergap doktor OʻTredi” (1922) romanlarida oʻzi ishtirok etgan 1-jahon urushidan olgan taassurotlarini aks ettirgan. “Bernar Kene” (1926), “Taqdir oʻyinlari” (1928), “Oilaviy davra” (1932), “Ona zamin” (1945) romanlari frantsuz xalqi oliy tabaqasi hayoti haqida.
Morua adabiy-tanqidiy esselari, tarixiy shaxslar haqidagi kitob va xotiralari bilan mashhur. U “Ariyel yoki Shelli hayoti” (1923), “Bayron” (1930), “Turgenev” (1931), “Leliya yoki Jorj Sand hayoti” (1952), “Olimpio yoki Viktor Gyugo hayoti” (1954), “Uch Dyuma” (1957), “Prometey yoki Balzak hayoti” (1965) singari asarlari bilan xorijiy adabiyotda biografik roman janriga tamal toshini qoʻygan. Morua bu asarlarida mashhur kishilar hayoti va ijtimoiy faoliyati faktlaridan chetga chiqmagan holda ular haqida badiiylashtirilgan hujjatli roman yozish mumkinligini isbotlab berdi.
Morua oʻz qahramonlariga boʻlgan mehrli munosabatini ifodalash orqali adabiyotning insonsevarlik mohiyatining teranlashishiga qissa qoʻshdi.
Moruaning “Chorshanba binafshalari” turkumidagi hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (8)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Marsel Prust Andre Morua
Marsel Prust

0.0 (0)
Qaytish Andre Morua
Qaytish

5.0 (1)
«Tanatos» mehmonxona... Andre Morua
«Tanatos» mehmonxonasi

0.0 (0)
Mirrina Andre Morua
Mirrina

0.0 (0)
Oltin yombining qarg... Andre Morua
Oltin yombining qarg‘ishi

0.0 (0)
Xayrli kech, jongina... Andre Morua
Xayrli kech, jonginam…

0.0 (0)
Tarjimai hol Andre Morua
Tarjimai hol

0.0 (0)
Chorshanba uchun bin... Andre Morua
Chorshanba uchun binafsha

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help