Amrita Pritam

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Pritam Amrita (1919. 31. 8, Panjob, Gujranvala shahri, – 2005. 31. 10) – hind shoirasi, adibasi. Panjobi, hind tillarida ijod qilgan. Ijodining dastlabki davrida R. Tagor shaxsiyati va ijodining taʼsiri kuchli boʻlgan.
Dastlabki sheʼriy toʻplamlari – “Sovuq nurlar” (1935) va “Amrita toʻlqinlari” (1936). Hozirgi hind adabiyotining eng nomdor vakillaridan boʻlgan. Pritam 100 dan ortiq asar (jumladan, 20 dan ortiq sheʼr, doston va qoʻshiqlar toʻplami 30 dan ortiq roman va qissalar), 200 dan ortiq hikoya va ocherklar muallifi.
Adibaning asarlari 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va nashr etilgan. Pritam sheʼrlari rus tilida 1957-yildan beri nashr etiladi: “Qora gul” (1971, Toshkent), “Qalblar asrori” (1977, Olma-ota) va b. Pritam butun ijodiy faoliyati davomida “ayollar mavzusi” bilan qiziqqan va hozirgi insonning maʼnaviy holatini ifodalay olgan yaxlit ayol xarakterini yaratgan.
Sheʼrlari Zulfiya tarjimasida oʻzbek matbuotida chop etilgan. U Gʻafur Gʻulom, Oybek, Zulfiya, Asqad Muxtorning baʼzi asarlarini panjobi tiliga tarjima qilgan. Hindiston Adabiyot akademiyasining mukofotini olgan (1956), “Qogʻoz va yelkan” sheʼrlar toʻplami uchun Gyanpitx mukofotiga sazovor boʻlgan (1982).

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Amrita Pritam
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz