Amin Maaluf

Amin Maaluf

Tavalludi
25-fevral 1949
Esse Falsafa Siyosatshunoslik Tarix

Amin Maaluf (fransuzcha: Amin Maalouf, arabcha: أمين معلوف) — kelib chiqishi livanlik boʻlgan mashhur fransuz yozuvchisi va jurnalisti. U 1949-yil 25-fevralda Bayrut shahrida dunyoga kelgan. Oliy maʼlumotni Bayrutdagi Avliyo Iosif universitetining iqtisod va sotsiologiya fakultetida olgan boʻlib, shundan soʻng jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan.

1975-yilda Livan fuqarolar urushi boshlangach, yozuvchi Fransiyaga koʻchib oʻtishga majbur boʻladi va Parijda yashay boshlaydi. Uning ijodi asosan tarixiy romanlar, esse va ilmiy-ommabop asarlardan iborat boʻlib, Sharq va Gʻarb sivilizatsiyalarining oʻzaro munosabatlari, madaniyatlararo muloqot hamda bagʻrikenglik gʻoyalarini tarannum etadi. Uning koʻplab asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan.

Adabiy sohadagi ulkan xizmatlari uchun Amin Maaluf turli nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan, jumladan, uning “Leo Africanus” va boshqa asarlari xalqaro miqyosda katta shuhrat qozongan. 2011-yilda u Fransiya akademiyasining oʻn ikkinchi kreslosi boʻyicha umrbod аʼzo — oʻlmaslar qatoriga saylangan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Labirint
Labirint

2023

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.