Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

Tavalludi
9-fevral 1441
Vafoti
3-yanvar 1501
Axloqiy-falsafiy Didaktika Doston Epos Falsafa Ishqiy Mumtoz adabiyot Oʻgit Sarguzasht Tarixiy Tragediya

Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. Toʻliq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy taxallusi ostida chigʻatoy (eki oʻzbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. Gʻarbda chigʻatoy adabiyoti hisoblanmish oʻzbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yoʻqdir.

Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) boʻlajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) doʻst boʻlgan. 10-12 yoshidan sheʼrlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi boʻlmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan maʼlumotlarga koʻra, mashhur oʻzbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chogʻlarida bolakay Navoiy bilan koʻrishadi va uning sheʼriy iqtidorini yuqori baholaydi.

Hayoti davomida Navoiy  musulmon Sharqining turli mamlakatlarida boʻladi, oʻz davrining taniqli shaxslari bilan koʻrishadi. Oʻzining sheʼriy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk sheʼriy toʻplamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻsha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir boʻlib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki nizolar tufayli Navoiy oʻzining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur boʻlgan.

1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori boʻladi. Shu vaqtdan eʼtiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir boʻladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam koʻrsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.

1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda oʻz hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yoʻlovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta soʻfiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta koʻprik va boshqalarni qurdiradi. Biroq, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoqmaydi va turli fitnalar orqali Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini buzishadi.

Shunday qilib, Navoiy egallab turgan mansabidan ozod etilib, 1487 yil Astrobod shahriga hukmdor sifatida yuboriladi. Bu yerda u ikki yil xizmat qiladi. Mazkur muddat nihoyasiga yetgachgina, X. Boyqaro unga Hirotga qaytib, hokimiyatda mansabga ega boʻlishiga ruhsat beradi. Lekin Navoiy bu taklifni rad etadi. Rad javobiga qaramay, Boyqaro sultonning yaqin kishisi lavozimini (“mukarrabi xazrati sultani”) taklif etadi. Bunday lavozimda Navoiy barcha davlat ishlari bilan bogʻliq ishlarda qaror qabul qilish huquqiga ega edi.

Shu vaqtdan Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi va u koʻproq ijod bilan shugʻullanadi. U yaratgan asarlarining katta qismi aynan shu davrga tegishli. Navoiy temuriylarning soʻnggi hukmronlik yillarida (1370-1506) yashab ijod qilgan. Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501 yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan.

Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy oʻz ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).

Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U - turkiy tilida ham bu kabi yirik koʻlamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chigʻatoy tilida (eski oʻzbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u oʻzining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.

Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida oʻz qalamini sinab koʻradi va oʻz ovozi, oʻz uslubi borligini koʻrsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun oʻrtasidagi sevgi bayon qilinadi. Oʻz ifodasida Navoiy odamiylik va soʻfiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. Oʻzining soʻfiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida soʻfiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga koʻtarilgan.

Mazkur dostonlarda, bir vaqtning oʻzida shoirning insonparvarlik dunyo qarashlari orqali dunyoning dolzarb muammolari qoʻyiladi. “Hamsa”dagi boshqa ikki dostonida - “Sabʼai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) hukmdor bilan bogʻliq muammolar (Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, oʻzbek tilida) yetakchi oʻringa chiqadi.

Maʼlum boʻlishicha, Navoiy temuriylar saroyiga yaqin boʻlib, doʻsti va podshoh Husayn Boyqaroga taʼsir koʻrsata olgan. Shu sababli, Navoiy bu dostonlarida H. Boyqaroga qaratilgan gʻoyalarni ifodalab oʻtgan: dunyoning va shoh taxtining oʻzgaruvchanligi; hukmdorning oʻz xalqi oldidagi majburiyatlari... Hamsanafislik anʼanalariga nisbatan, Navoiy oʻzining ijtimoiy va siyosiy qatʼiyati va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Abd ar-Rahmon Jomiy (1414-1492) Navoiyning “Hamsa”sini oʻqib, unga juda yuqori baho bergan.

Oʻzining ijtimoiy va badiiy mohiyatiga binoan, Navoiyning “Hamsa”si Oʻrta Osiyoda yuqori oʻringa ega boʻlgan. U koʻp marotaba qayta koʻchirilgan. Hozirgi kunda “Hamsa” yoki uning dostonlarining katta roʻyhati mavjud. Birgina Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondining oʻzida XV-XX asrlarda qayta koʻchirilgan 166 ta qoʻlyozma boʻlib, ular toʻliq “Hamsa” asari yoki uning alohida dostonlarini tashkil etadi. Shulardan 84 tasi toʻliq doston  koʻrinishidadir. Navoiy “Hamsa”sining miqdori va keng tarqalishi uni Oʻrta Osiyo intellektual hayotida alohida oʻrin egallaganligini koʻrsatadi.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs boʻla turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qoʻshgan; ilm, fan, sanʼat rivojiga homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.Navoiy forsiy tilida yozilgan oʻz sheʼrlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi boʻlgan. Toʻplam shaklida chiqarilgan gʻazallarini oʻzini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan sheʼrlarining miqdoriga koʻra peshqadam, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning toʻrt fasli”) nomli ikki toʻplam yaratadi.

Navoiy oʻz sheʼriyati orqali oʻzbek (chigʻatoy) adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi boʻyicha undan oldingi oʻzbek adabiyotini ortda qoldiradi. U nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, soʻfiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. Navoiyning diniy asarlari ham nashr qilingan: “Arbain” (“Qirq ruboiy”), “Munadjat” (“Allohga iltijo”).

Soʻfiy prozaik asari “Nasaim al-muhabbat” (“Muhabbat shabadasi”)ning toʻliqroq matni nashr qilingan boʻlib, unda 750 ta soʻfiy shayhlar haqida maʼlumot keltirilgan. Navoiy ilmiy asarlar ham yaratgan. Ular qatoriga fors va turkiy tillar qiyosi keltirilgan asarlarni kiritish mumkin: “Muhokamat al-lugʻatayn” (“Ikki til bahsi”); aruz nazariyasiga oid (sheʼr yozish hajmi) - “Mezon al-avzan” (“Hajm mezoni”), muammo janri nazariyasiga oid - (jumboq) “Mufradat”.

Bundan tashqari, u tarixiy mavzularda risolalar yaratgan: “Tarixi muluki Adjam” (“Eron shohlari tarixi”), “Tarixi anbiya va xukama” (“Paygʻambarlar va donolar tarixi”). Badiiy maktublarini “Munshaat” toʻplamiga jamlagan. Uning shoh asarlari: Abd Ar-Rahmon Jomiy hayoti haqida - “Xamsat al-mutaxayyirin”, 1494, “Xalati Sayyid Xasan Ardasher” (“Sayyid Xasan Ardasher hayoti”), “Xalati Pahlavon Muhammad” (“Pahlavon Muhammad hayoti”)lardan iborat.

Alisher Navoiyning soʻnggi asari “Mahbub ul-qulub” (1500). Unda shoirning soʻnggi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs boʻla turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qoʻshgan; ilm, fan, sanʼat rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.

Koʻrib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari boʻyicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai boʻlib hisoblanib kelgan.

Kitoblar (7)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Mahbub ul-qulub
Mahbub ul-qulub

1500

5.0 (1)
Saddi Iskandariy
Saddi Iskandariy

1485

5.0 (2)
Sabʼai sayyor Alisher Navoiy
Sabʼai sayyor

1484

0.0 (0)
Farhod va Shirin
Farhod va Shirin

1484

0.0 (0)
Layli va Majnun
Layli va Majnun

1484

0.0 (0)
Hayrat ul-abror Alisher Navoiy
Hayrat ul-abror

1483

0.0 (0)
Lison ut-tayr
Lison ut-tayr

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.