Alim Keshokov

Alim Keshokov

Tavalludi
22-sentabr 1914
Vafoti
29-yanvar 2001
Roman

Keshokov Alim Pshemaxovich [1914. 9(22). 7, Shalushka qishlogʻi (hozirgi Kabarda-Balkariya, Chegem tumani) – 2001. 29. 01, Moskva, Rossiya] – kabardin shoiri va yozuvchisi. Kabarda-Balkariya xalq shoiri (1964). 2-jahon urushi qatnashchisi.
Ilk sheʼrlar toʻplami – “Togʻ etaklarida” (1941). “Chavandozning yoʻli” (1946) dostoni, “Yoshlik zamini” (1948), “Sheʼrlar” (1951) toʻplamlarida 2-jahon urushi voqealari aks etgan. “Choʻqqilar uygʻoq” (1–2-kitob, 1960, 1966); “Singan taqa” (1973), “Oy chiqishi” (1977) romanlarida kabardin xalqining hayoti tasvirlangan.
“Qorli togʻdan qarab” avtobiografik qissasi (1974), “Alxo” pyesasi (1950), “Koʻchki” kinossenariysi (1951) muallifi.
Keshokov oʻzbek shoirlari (A. Oripov, O. Matjon va b.) sheʼrlarini kabardin tiliga tarjima qilgan. “Choʻqqilar uygʻoq” romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1970).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Cho‘qqilar uyg‘oq Alim Keshokov
Cho‘qqilar uyg‘oq

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.