Aleksey Tolstoy

Aleksey Tolstoy

10.01.1883 23.02.1945

4.8 (5 ta baho)
Ertak Roman

Tolstoy Aleksey Nikolayevich [1883. 10. 1, hoz. Saratov viloyati, RF – 1945. 23. 2, Moskva] – rus yozuvchisi, jamoat arbobi. SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1939). Peterburg Texnologiya institutida oʻqigan (1901–07).
1918–23-yillarda Parijda yashagan. Ilk toʻplami – “Lirika” (1907). “Gʻalati odamlar” nasriy toʻplami (1911) va “Oqsoq boy” (1912) romanida zodagonlar hayoti aks etgan. “Aelita” (1922–23) va “Injener Garinning moʻjizasi” (1925– 27) ilmiy-fantastik romanlari bor.
“Sarsonlik – sargardonlikda” trilogiyasi (“Opa-singillar”, 1922; “Oʻn sakkizinchi yil”, 1927–28; “Bulutli tong”, 1924–41) rus ziyolilari haqida. “Ulugʻ Pyotr” tarixiy romani (1-kitob, 1929-30; 2-kitob, 1933-34; 3-kitob tugallanmagan)da Pyotr I zamonining ijtimoiy-tarixiy voqealari aks etgan. Tolstoy shu mavzuda pyesa (1934–1938) va kinossenariylar ham yozgan. Italyan folklori motivlari asosida “Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari” kitobi (1936) bolalarga bagʻishlangan.
2-jahon urushining boshlanishi bilan aksar rus, ukrain va belorus yozuvchilari qatori, Tolstoy ham 1941-yil noyabrida Toshkentga kelgan. U shu yerda “Ivan Grozniy” dilogiyasining 1-qismini tugatib, ushbu dilogiyaning 2-qismi “Mashaqqatli yillar” (1942)ni va “Yovuz kuch” pyesasini yozgan. “Buyuk Pyotr” romani va “Sarsonlik – sargardonlikda” trilogiyasiga esa sayqal bergan. Shuningdek, sovet axborot agentligining muxbiri sifatida markaziy va respublika gazetalari uchun, jumladan, oʻzbek xalqining urush yillaridagi hayotiga bagʻishlangan publitsistik maqolalar yozgan. Shu yillarda Oʻzbekistondagi adabiy hayotda faol ishtirok etgan. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Izzat Sulton, Yashin va boshqa bilan ijodiy aloqada boʻlgan.

Kitoblar (5)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari
Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari

1936

4.8 (5)
Ulug‘ Pyotr
Ulug‘ Pyotr

1934

0.0 (0)
Injener Garinning mo‘jizasi
Injener Garinning mo‘jizasi

1927

0.0 (0)
Oqsoq boy
Oqsoq boy

1912

0.0 (0)
Gʻalati odamlar
Gʻalati odamlar

1911

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.