Aleksandr Vampilov

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
drama komediya

Aleksandr Vampilov 1937-yilda Irkutsk viloyatining Kutilik posyolkasida oʻqituvchilar oilasida tavallud topadi. Ammo u otasini koʻrolmaydi – ayni Aleksandr tugʻilgan kunlarda Nikita Vampilov tuhmat balosiga uchrab, “xalq dushmani” sifatida qamaladi va otishga hukm etiladi, 1957-yilda esa oqlanadi.
Aleksandr oʻrta maktabni tamomlagach, universitetda taʼlim oladi. Dastlab kichik hikoya, ocherk va maqolalar yozadi. 1964-yilda esa ilk dramatik asari “Iyundagi xayrlashuv”, 1967-yilda “Katta oʻgʻil”, soʻng “Oʻrdak ovi” pyesalari bilan rus dramaturgiyasida oʻziga xos uslubga ega boʻlgan mualliflardan biriga aylanadi. Bu asarlarning asosiy mavzusi – ijtimoiy qoloqlik, yovuzlik va razillikka qarshi kurashdan iborat. Uning asarlarida hamisha, bir qarashda, tushunish ancha murakkab boʻlgan muammolar talqin qilinadi.
“Oʻrdak ovi”ni tarjima qilish jarayonida dramaturg haqida oʻzim tugal anglay olmagan mavhum bir fikr paydo boʻldi: uning oʻz vaqtida koʻpgina munozaralarga sabab boʻlgan “Oʻrdak ovi” pyesasidagi bosh qahramon – oʻsha zamonning fojiaviy obrazlaridan biri boʻlmish Zilov qisman muallifning oʻzi boʻlsa kerak, degan fikrga keldim. Uning bevaqt, fojiali oʻlimi ham bu fikrimni tasdiqlab turgandek.
A. Vampilov 1972-yilda ayni navqiron chogʻida – 35 yoshida Baykal koʻliga choʻkib, fojiali ravishda halok boʻladi.

 

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz