Udalov Aleksandr Andreevich [1914. 21. 9, Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri)] – rus yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1974). 1920-yildan Toshkentda yashagan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1943–46).
“Literaturniy Uzbekistan” (1937–40), “Zvezda Vostoka” (1960-65; 1967-69; 197185) jurnallarida hamda “Komsomolets Uzbekistana” (1941–43) gazetasida bosh muharrir, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953–56), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1956–75) boʻlib ishlagan.
“Vatan urushi yillarida bolalar” turkum hikoyalari (1941) va “Marina” qissasini (1940) yozgan. Qissa va hikoyalar toʻplamida (“Oʻrmonlarda”, 1943–49; “Jonim bilan”, 1947–48; “Zamondoshlarim”, 1950; “Yoz kunlarining birida”, 1957; “Qizlar”, 1961; “Koʻk togʻlarda”, 1981 va b.) urush fojialari tasvirlangan.
“Sabr kosasi” dilogiyasi (“Sabr kosasi”, 1-kitob, 1964; “Muhabbat mangu”, 2-kitob, 1973) Turkiston tarixi va xalqlar doʻstligi haqida. “Vatan oʻgʻloni” (1982), “Turmushimiz kunlari” romanlari (1989) muallifi.
P. Muhamadyorova va Hakim Nazirning qissa va hikoyalarini rus tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1983).
# | Kitob nomi | Muallif | Janr | Reyting | Baholang | |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Aleksandr Udalov |
roman
|
0 | Javonga |