Ahmad Fayz

Ahmad Fayz

13.02.1911 27.11.1984

0.0 (0 ta baho)

Fayz, Ahmad Fayz (فیض احمد فیض – 1911. 13. 2, Siyolkat – 1984. 27. 11) – Pokiston shoiri, tanqidchi va jamoat arbobi. Siyolkat (1917–29) va Lohur (1929-34) kollejlarida tahsil olgan.
1972-yildan Pokiston san’ati milliy kengashining raisi. «Pakistan tayms» («Pakistan», 1947–51; 1955–58), «Imroz» («Imros», 1948–51; 1955–58) gazetalarida bosh muharrir. 1950-yilda Jahon tinchlik kengashining a’zoligiga saylangan va shu yili «Ravalpindi fitnasi» ishtirokchisi sifatida ayblanib, qamoqqa olingan. 1955-yilda ozod qilingan.
Urdu va panjob tillarida ijod qilgan. Fayz lirikasida insoniy his-tuyg‘ular, chuqur falsafiy mushohadalar hamda siyosiy masalalar muhim o‘rin tutadi. U she’riyatning g‘azal, qasida, marsiya va boshqa janrlarida ijod qilgan.
Fayz «G‘amginlar» (1941), «Shamol qo‘li» (1952), «Zindonnoma» (1957), «Tosh ostida qolgan qo‘l» (1963), «Sinay vodiysi» (1971) she’riy to‘plamlari, qamoqdan yozilgan xatlardan iborat «Panjarali tuynuk» (1971) kitobi va boshqa asarlar muallifi.
Dehlida o‘tgan Osiyo yozuvchilari 1-konferentsiyasi (1956), Osiyo va Afrika yozuvchilarining Toshkent (1958) hamda Olmaota (1973) konferentsiyalari qatnashchisi. Ayrim asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
«Nilufar» mukofoti laureati (1975).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Ozodlikka maktublar
Ozodlikka maktublar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.