Misrlik yozuvchi Ahmad Abdulloh Mitvaliy (أحمد عبدالله متولي) “Qattiq shivirlash” (1991), “Ishq va qon tarannumi” (2001) hikoyalar toʻplami, “Al-Xomishiy va dengiz” (1993), “Oshiq-maʼshuqlar” (1997), “Yoʻlovchilar”, “Shayx Masʼudni qidirgan kim?”, “Olov va oltin koʻprik”, “Sel oqimida qolib ketgan gul” kabi romanlar muallifi.
Adibning ijodi serqirra – arab publitsistikasi taraqqiyotida uning oʻrni yaqqol bilinib turadi. Arab adabiyotshunos olimi Nasr Abbos uning ijodiga shunday taʼrif beradi: “Bir tomondan, tamadduniy birlashish fikri, ikkinchi tomondan, asliyat ato etganlarni qadrlash – bular yozuvchi Ahmad Abdulloh Mitvaliyning hikoyachilik badiiy mahoratida asosiy belgilardir.
Ahmad Abdulloh Mitvaliyning “Ishq va qon tarannumi” toʻplamidagi hikoyalarida ham ruhan, ham jismonan yolgʻiz qolgan insonlarning holati, ularning iztiroblari, ong osti fikrlari, ota-onalar va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlar, vatan tuygʻusi, bugungi inson, XXI asr yoshlarining maʼnaviy qiyofasi, qadriyatlari va aksincha, maʼnaviy tubanlashuvi kabi masalalar aks ettiriladi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Chiroq
Ahmad Abdulloh Mitvaliy
Chiroq
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Chiroq
Ahmad Abdulloh Mitvaliy
Chiroq
|
— | Hikoya |
0.0
|