Abu Nasr Forobiy

Abu Nasr Forobiy

Vafoti
950
Axloq Falsafa Mumtoz adabiyot

Jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim Forobiyning toʻliq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon.
Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilgan va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitgani tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulugʻlanib, “Al-muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forobiy 873-yilda turkiy qabilalardan boʻlgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirgʻogʻidagi Forob – Oʻtror degan joyda tugʻilgan. U tugʻilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan.
Forobiy boshlangʻich maʼlumotni ona yurtida oldi. Soʻng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oʻqidi. Keyinroq oʻz maʼlumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi boʻlgan Bagʻdodga keldi. Bagʻdodda bu davrda musulmon dunyosining turli oʻlkalaridan, xususan, Markaziy Osiyodan kelgan koʻp ilm ahllari toʻplanishgan edi. U yerga bora turib Forobiy Eron shaharlari Isfahon, Hamadon, Ray va boshqa joylarda boʻldi.
Forobiy Bagʻdodda oʻrta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, oʻzga diniy eʼtiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda boʻldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870–940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860– 920)dan tabobat va mantiq ilmini oʻrgandi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Taxminan 941-yildan boshlab Forobiy Damashqda yashagan. Shahar chekkasidagi bogʻda qorovul boʻlib, kamtarona kun kechirib, ilm bilan shugʻullangan. Soʻnggi yillar u Halab (Aleppo) hokimi Sayfuddavla Hamdamid (943–967) iltifotiga sazovor boʻldi. Tadqiqotchilar uning Halabdagi hayotini eng samarali davr hisoblaydilar. Chunki bu hokim hurfikrliligi, ilm-fanga eʼtibor berganligi bilan ajralib turgan. U Forobiyni saroyga taklif etadi, lekin Forobiy bunga koʻnmaydi, oddiy hayot kechirishni afzal koʻradi. Forobiy 949–950-yillarda Misrda, soʻng Damashqda yashab, shu yerda vafot etgan va “Bob as-sagʻir” qabristoniga dafn qilingan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Aflotun falsafasi Abu Nasr Forobiy
Aflotun falsafasi

0.0 (0)
Baxtga yoʻllanma
Baxtga yoʻllanma

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.