Abdusaid Koʻchimov

Abdusaid Koʻchimov

Tavalludi
15-may 1951
Badia Esse Hikoya

Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan. 1967-yili tumandagi 37-oʻrta maktabni bitirgan. 1968-1972-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyati 1972-yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida korrektorlikdan boshlandi. Mazkur nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi – “Lenin uchquni”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984-yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. 1984-87-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida masʼul kotib, 1987-91-yillari “Lenin uchquni” gazetasida bosh muharrir,1991-92-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining oʻrinbosari,1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm boʻlimi mudiri, 1992-1996-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, 1996-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari,1997-2005-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi, 2005-2006-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, “Toshkent” teleradiokanali bosh derektori vazifalarida xizmat qildi. 2006-yilning iyul oyidan buyon “Xabar” gazetasida bosh muharrirlik qilayotir. Oʻzbekiston jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmalarining aʼzosi boʻlgan A. Koʻchimovning birinchi kitobi – “Kashfiyotchi bolalar” 1978-yili chop etilgan edi. Oʻtgan yillar davomida “Mening Oʻzbekistonim”( 1979-yil). “Toshburgut” (1981-yil), “Mening yulduzim”(1984-yil), “Chanoq”(1985-yil), “Halqa”(1987-yil), “Ikki bahor”(1990-yil), ”Umid daraxtlari”(1992-yil), “Qiyofa”(1996-yil), ”Yosuman”(2000-yil), “Baland togʻlar”(2002-yil), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006-yil), “Muhabbat bogʻlari” (2008-yil), “El suv ichgan daryolar” (2009-yil), «Saylanma»(2011-yil), «Safar»(2010-yil) nomli publitsistik, sheʼriy va nasriy kitoblari chop etildi. Tatar adibi M. Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” nomli qissasi A. Koʻchimov tarjamasida oʻzbek kitobxonlariga taqdim etilgan. Adibning “Baland togʻlar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida koʻp qismli badiiy filmlar yaratilgan. “Halqa” va “Hayot hukmi” nomli kitoblari Xitoy Xalq Respublikasida nashr etilgan. Bir qancha hikoya, qissa va sherlari rus, ukrain, moldovan, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. Unga tabiatni asrab-avaylash mavzuidagi asarlari uchun Xalqaro YuNESKO mukofoti, “Halqa” kitobi uchun Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofot berilgan. A. Koʻchimov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordeni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 1990-1994-yillarda Oʻzbekiston Oliy Soveti deputatligiga, 1994-1999 va 1999-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Binafsha Abdusaid Koʻchimov
Binafsha

3.7 (3)
Bu dunyoda shunday y... Abdusaid Koʻchimov
Bu dunyoda shunday yashasang…

0.0 (0)
Sizni oʻylayman… Abdusaid Koʻchimov
Sizni oʻylayman…

0.0 (0)
Tubsiz quduq Abdusaid Koʻchimov
Tubsiz quduq

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.