- Tavalludi
- 27-may 1926
- Vafoti
- 1-yanvar 2005
Abduqodir Hayitmetov 1926-yilning 27-mayida Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanidagi Qiyoliqum qishlogʻida tugʻildi. 1949-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Sharq fakultetini bitirgach, 1949-1952-yillarda Sharq qoʻlyozmalari instituti aspiranturasida tahsil oldi. U akademik Oybek tavsiyasi asosida «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari» mavzuida nomzodlik va «Navoiyning ijodiy metodi» mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Atoqli olim 1953-yilning martidan umrining oxirigacha Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, mumtoz oʻzbek adabiyoti tarixi boʻlimi mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi. Abduqodir Hayitmetov mamlakatimizdagi yirik adabiyotshunos olim sifatida xalqimizning ulugʻ shoiri Alisher Navoiy ijodiy faoliyatini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari», «Navoiy lirikasi», «Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan», «Navoiyxonlik suhbatlari» kabi kitoblari Navoiy ijodining serqirra jihatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan. U 500ga yaqin ilmiy maqolalar, monografiya va risolalar eʼlon qildi, «Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning akademik nashrini tayyorlashda rahbar va hammuallif sifatida jonbozlik koʻrsatdi, ulugʻ ajdodlarimiz haqidagi «Alisher Navoiy», «Abu Rayhon Beruniy» kabi hujjatli filmlarni yaratishda faol ishtirok etdi. Abduqodir Hayitmetovning rahbarligida 30ga yaqin doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Abduqodir Hayitmetov «Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni, Davlat mukofoti va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. U 2005-yili vafot etgan.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
«Yasha Turon»
Abduqodir Hayitmetov
«Yasha Turon»
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
«Yasha Turon»
Abduqodir Hayitmetov
«Yasha Turon»
|
— | Hikoya |
0.0
|