Abduqahhor Ibrohimov

Abduqahhor Ibrohimov

Tavalludi
16-avgust 1939
Vafoti
20-iyun 2020
Esse Hikoya Tragikomediya

Abduqahhor Ibrohimov Toshkentning Koʻkcha dahasida 1939-yilning 16-avgustida dunyoga kelgan. 1957-1962-yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida oʻqigan. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida bosh muharrir, 1990-1993-yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatchi sifatida faoliyat koʻrsatadi. 1994-yildan buyon esa Respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazida xizmat qilmoqda. Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zoʻldir», «Bir oʻlikka bir tirik», «Bu zamon oʻgʻloni», «Tusmol», «Sochqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puch», «Shayton yoʻli» komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qoʻyilgan. Unga «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan. U keyingi paytda «Vatan tuygʻusi» (hamkorlikda), «Bizkim, oʻzbeklar…», «Davlat tafakkuri nima?», «Millat ovozi» kabi yirik publitsistik kitoblarini va «Uyqu kelmas kechalar» romanining birinchi jildini oʻquvchilarga taqdim etdi.
2020-yil 20-iyun kuni vafot etgan.

Kitoblar (6)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Xotinmasjid Abduqahhor Ibrohimov
Xotinmasjid

0.0 (0)
Oyna sindi Abduqahhor Ibrohimov
Oyna sindi

0.0 (0)
U — siz emas… Abduqahhor Ibrohimov
U — siz emas…

0.0 (0)
Vijdon Abduqahhor Ibrohimov
Vijdon

0.0 (0)
Qish yomgʻiri Abduqahhor Ibrohimov
Qish yomgʻiri

0.0 (0)
Nayman akani taniysi... Abduqahhor Ibrohimov
Nayman akani taniysizmi?

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.