Abdunabi Abdiyev
07.02.1957
Abdunabi Abdiyev 1957-yil 7-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1978-yili Qarshi davlat pedagogika institutining tarix-jamiyatshunoslik fakultetini tugatgan. O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi.»Tilsim», «Yozg‘ib bitigi», «Muallaq odam» qissalari «Sharq yulduzi» jurnalida, «O‘tov gurunglari», «Ko‘pkari gurunglari» esse-qissalari matbutda e’lon qilingan.»Hayrat jamlangan oqshomlar» esse-qissasi uchun 2003-yili Respublika Kasaba uyushmaslari federatsiyasi kengashi laureati bo‘lgan. 1998-yili «Ijodkor o‘qituvchi» tanlovi g‘olibi, 2010-yili «Oltin qalam» xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘lgan. Hozirda Mirishkor tumanidagi 22-sonli maktab direktori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Reyting |
|---|---|---|
|
Muallaq odam
Muallaq odam
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Nashr yili | Janr | Reyting |
|---|---|---|---|
|
Muallaq odam
Muallaq odam
|
— | Qissa |
0.0
|